Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi hujjatlarsiz foydalanib kelayotganini ma’lum qildi. Tuz g‘ori 2019 yilda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
Madaniy meros agentligi Bo‘stonliqdagi Xo‘jakenttepa arxeologik yodgorligi hududida dala hovli qurilayotgani yuzasidan izoh berdi. Avvalroq bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Bosh prokuratura mas’ul xodimi Bahodir Abdikarimov Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. U mazkur lavozimda 5,5 oy ishlagan Shaxriyor Nurulloyevning o‘rnini egalladi.
2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar qiymati 75 milliard so‘mni tashkil etadi. obyektlar orasida Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni, Masjidi Kalon, Amir Olimxon madrasasi, Tolipoch qal’asi qoldiqlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi yodgorliklar bor.
Madaniy meros agentligidagi Ilmiy-ekspert kengashi Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonini ta’mirlashga ruxsat berdi. Loyiha «obyektning tarixiy va badiiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda» amalga oshirilishi kerak.
Endilikda Madaniy meros agentligi ko‘rsatmalariga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilishi mumkin. Buning uchun jarima fuqarolarga BHMning — 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga — 7 baravargacha etib belgilandi. Shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlarini yo‘q qilish va ularga zarar yetkazish uchun jinoiy jazo kuchaytirildi.
Ruxsat berilmaganiga qaramasdan quruvchilar Kosmonavtlar maydonidagi granit plitalarni ko‘chirib tashlashni davom ettirishdi. Tuman hokimi Anvar Sayfutdinovning ta’kidlashicha, dam olish kunlari sababli loyiha haqida oldidan xabar berilmagan. Uning aytishicha, hokimiyat fuqarolarga qulayliklar yaratishda «yaxshi maqsadlarni ko‘zlagan». Shahar hokimiyati vanihoyat loyiha eskizini e’lon qildi. Chizmada yangi marmarning rangi avvalgisidan farq qiladi.
Buxoro viloyatida XVI-XX asrlarda bunyod etilgan Chor-Bakr yodgorlik majmuasining muhofaza tegralaridagi yer uchastkalari ijara va mulk huquqi asosida auksionga qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu majmua YUNESKOning Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Tursunali Kuziyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u agentlik direktori vazifasini bajaruvchisi edi.
Shaxriyor Nurulloyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasida ishlagan.
Prezident muzeylarning daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Ilgari muzeylarga tijoriy faoliyatni amalga oshirish taqiqlangan edi. Xizmat ko‘rsatish chog‘ida muzeylar ashyolar va kolleksiyalar but saqlanishini ta’minlashi kerak.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Kuziyev Tursunali Karimdjonovich Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U o‘z vaqtida madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari hamda vazir sifatida ham faoliyat yuritgan.
Farg‘ona viloyati hokimligi Xo‘ja Porso jome masjidini buzib qayta qurish uchun mas’ul idoralar xulosasi olinganini ma’lum qildi. Madaniy meros agentligi esa loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilganini qayd etdi. Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va xorijdagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni o‘rganish markazi asosida Madaniy meros agentligi tashkil etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting